Andijon Davlat
Universiteti
O‘zbekiston-Malayziya ta'lim forumi: universitetimiz uchun istiqbolli hamkorlik, ta’limdagi yangi yondashuvlar
2025-02-04    703

Bugun, 4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida ta’lim sohasidagi yangi istiqbollarni ochish, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va global ta’lim tizimiga integratsiya qilish maqsadida, "Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar" mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda.

 

Xalqaro forum doirasida, Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Bakirovich Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris (UPSI) va Terengganu University Malaysia (UMT) kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalari kengayib borayotganini ta’kidladi. Ular o‘rtasida ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Natijada, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli loyiha-dasturlarni amalga oshirish maqsadida, oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

 

Ushbu imzolangan shartnomalar ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli loyiha-dasturlarni amalga oshirishda, ilmiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy ta’lim usullarini o‘rgatish hamda global miqyosda raqobatbardosh kadrlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi.

 

Tashrifning ikkinchi kunida universitet rektori, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilm-fan sohasida yangi g‘oyalar almashish hamda kelgusi yillarda yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Internatsional Islamic University of Malaysia (IIUM) va UCSI University rektorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik shartnomalarini imzolashni rejalashtirmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.