2018 yil 2-6 iyun kunlari Andijon davlat universiteti rektori prof. A.S.Yuldashevning taklifiga ko‘ra, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kimyo fakultetining “Meditsina kimyosi va nozik organik sintez” kafedrasi mudirasi, k.f.d., professor Yelena Rudolfovna Milaeva Andijon DUga tashrif buyurdi. Prof. Ye.R. Milaeva o‘z safari davomida Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va ilmiy xodimlari bilan master-klass darslarini o‘tkazdi. Kimyo va biologiya yo‘nalishi talabalari uchun zamonaviy meditsina kimyosi va nozik organik sintez muammolari va yutuqlari yuzasidan ma’ruzalar va suhbatlar o‘tkazdi. Shu bilan birga Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi-bakalavrlari bilan Rossiya OO‘Yuda o‘qish, xususan, MDUda magistraturaga kirish, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish rejalari haqida suhbatlashdi.
Prof. Ye.R.Milaevaning ADU rektori b.f.d., prof. A.S.Yuldashev o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan suhbatda universitetlarimiz o‘rtasida kelajakda ilmiy va o‘quv sohalarda samarali hamkorlikni davom ettirish haqida kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI