.jpg)
Viloyatimizda aholini, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilim olishga va sog'lom turmush tarziga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari hamda intellektual turnirlar tashkil etilib, yosh avlodning aqliy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 29-yanvar kuni Jalaquduq tumanida Andijon davlat universiteti rahbariyati tomonidan "Oila —mahalla — ta'lim muassasasi" shiori ostida intellektual turnirlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari, tanlovlar, turli trening mashg'ulotlari va ko‘ngilochar ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida tajribali psixologlar tomonidan yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvga yordam berishga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida o‘tkazilgan intellektual turnir, sport musobaqalari va uchrashuvlar ishtirokchilarning ham aqliy, ham jismoniy rivojlanishiga xizmat qildi.
Andijon davlat universiteti tomonidan tashkillashtirilgan keng ko'lamli tadbirlar, yoshlarni ijtimoiy faollik va kelajakda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon yaratdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI