
Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Jaholatga qarshi ma'rifat" targ'ibot guruhida Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Yusufxon Jahongirov hamda universitet psixologi dotsent Otabek Muxtarovlar "Radikalizmning xatarlari va ularni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik jihatlari", "Sog'lom dunyoqarashni shakllantirish hamda rivojlantirish" mavzularidagi ma'ruzalari bilan faol ishtirok etdi.
Mazkur targ'ibot so'nggida universitetimiz vakillarining faolligi ham munosib e'tirof etilib, viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Universitetimiz jamoasi nomidan ushbu e'tirof bilan samimiy qutlab, ezgu maqsad yo'lidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI