Andijon Davlat
Universiteti
Tikuvchilik to'garak mashg'ulotida talaba-qizlar milliy matolarimiz bilan ishlash bo'yicha master-klass darslarini o'zlashtirdi
2025-01-25    98

Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli va samarali tashkil etish, shuningdek, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va milliy merosi, urf-odatlar va an’analarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida, mas’ullar tomonidan “Tikuvchilik” to‘garagi tashkil etilib, unda ishtirok etgan talabalar uchun milliy matolar bilan ishlash bo‘yicha maxsus master-klass darslari o‘tkazildi.

Mashg'ulot davomida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti tyutori Durdona Ibayeva boshchiligida talaba-qizlar milliy matolarimiz bo'lmish atlas, adrasdan bo'yinbog' tikish va unga bezak berish bo'yicha mahorat darslarini o'zlashtirdilar.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.