.jpg)
Andijon davlat universiteti talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kasbiy malakasini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida "Pazandachilik" to'garak mashg'uloti tizimli ravishda olib borilmoqda.
Navbatdagi mashg'ulotda to'garak rahbari Gulnozaxon Mirzayeva boshchiligida talaba-qizlar "Napoleon" shirinligi, "Trifle" desertini tayyorlash, tort bezatish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdilar. Mashg'ulot davomida qizlar nafaqat pazandachilik borasida yangi bilimlar egallashdi, balki birgalikda ishlash, ijodiy yondashuv va sabr-toqat kabi ko'nikmalarni ham o'zlashtirdilar.
To‘garak ishtirokchilari o‘z qo‘llari bilan tayyorlangan shirinliklardan zavqlanish barobarida, yangi retseptlarni sinab ko‘rish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI