Andijon Davlat
Universiteti
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta'lim sifati, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va shu kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi
2025-01-24    114

Ayni kunlarda Oliy taʼlim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi viloyatimizda bo'lib turibdi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta'lim sifati, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va shu kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Ushbu yig'ilishda Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari prorektorlari universitetning kichik majlislar zalida tashkil etilgan zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Yig'ilishda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, moddiy-texnik ta'minot, o'quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, xorijiy ta'lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar mas'ullar tomonidan belgilandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.