
Bobur o‘z ma’rifiy, madaniy, ijtimoiy faoliyatida ilmli kishi (ustoz), ilmni o‘rganish uchun ilm talabgori bo‘lish g‘oyasini oldinga surdi.
Bobur deydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilm tolibi ilm yo‘q,
Men borman ilm tolibi, ilm kerak.
Bobur ilmli bo‘lishni istaganlarni ilmni zo‘r havas, ishtiyoq bilan egallashga da’vat etdi.
Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik, vafodorlikni eng go‘zal fazilat sifatida ulug‘laydi, yomonlikni jafo keltiruvchi illat sifatida qaradi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Bobur odamlarni elga yaxshilik qilib, o‘zidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi:
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo‘q.
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshi yo‘q.
Bobur yaxshi xulqlikni, kishilarga yaxshilik qilishni insonni oliyjanobligini hisoblaydi. Bobur mehnat ahlini qadrladi va davlat ahlini tasvirida “mehnat elini” unutmaslikka da’vat etdi.
Davlatga yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o‘zingni asru tutma,
deydi Bobur.
Boburning bu insonparvarlik qarashlari “Boburnoma” asarida dehqon xo‘jaliklarida ishlayotgan qullar, asrlarning achinarli ahvoli tasvirida ham o‘z ifodasini topgan.
Bobur vatanparvarlik haqida. Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarida Vatan tuyg‘usi salmoqli o‘rinda turadi.
Bobur Afg‘oniston va Hindistonda davlatni boshqarib turgan holda, umrining oxiriga qadar kindik qoni to‘kilgan yurtni unutmadi. U o‘z ona diyorini haddan ziyod sevadi, Vatanidan judoligidan g‘am-alam chekadi. U tug‘ilb o‘sgan yurtini qoldirib ketishni “xatolik”, “yuz qarolik” deb bilad, o‘zini o‘z yurtidan judo bo‘lgan g‘arib his qiladi.
Zahriddin Muhammad Boburning ilm-ma’rifat haqidagi g‘oyalari, axloq odob, yaxshilik, vafo, insonni xalqqa yaxshilik, qiladigan qilib tarbiyalash, mehnat ahlini qadrlash, insonparvarlik, Vatandan judolik g‘am, alam ekanligi, adolat haqidagi qarashlari, axloqiy-ta’limiy fikrlari hozirgi davr yoshlar tarbiyasida ham g‘oyat ahamiyatlidir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI