
Ayni kunlarda Oliy taʼlim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi viloyatimizda bo'lib turibdi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta'lim sifati, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va shu kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Ushbu yig'ilishda Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari prorektorlari universitetning kichik majlislar zalida tashkil etilgan zoom platformasi orqali ishtirok etdi.
Yig'ilishda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, moddiy-texnik ta'minot, o'quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, xorijiy ta'lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar mas'ullar tomonidan belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI