Andijon Davlat
Universiteti
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari universitetimizni yanada obod qildi
2025-01-22    342

Andijon davlat universitetida ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 22-yanvar kuni universitet hududining ekologik holatini yaxshilash, talaba va xodimlar uchun sog‘lom muhit yaratish hamda yashil maydonlarni kengaytirish orqali universitet atrofida ekologik barqarorlikni oshirish maqsadida obodonlashtirish ishlariga mas’ul xodimlar tomonidan hududda tozalash, daraxtlarga shakl berish va yashil maydonlarni yaxshilash ishlari olib borildi.

O‘zaro hamjihatlik asosida tashkil etilgan tozalash ishlari davomida oliygoh hududi, o‘quv binolari atrofidagi maydonlar va yo‘laklar tartibga keltirildi, daraxtlarga ishlov berilib, ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Tozalash va tartibga solish ishlari nafaqat universitet hududining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, balki atrof-muhitni ifloslanishdan saqlashga ham xizmat qiladi.

Aytish joizki, bu kabi ishlar universitetning nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki ekologik barqarorligini ham ta’minlaydi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.