
Bugun, 22-yanvar kuni Andijon davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida Tabiiy fanlar, Matematika va mexanika hamda Fizika-texnika fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida universitet rektori ta’lim muassasamizni bitiruvchi yoshlariga uchrashuvning asosiy maqsadi va undan ko‘zlanayotgan natijalar haqida batafsil tushunchalar berib o‘tdi. Rektor talabalarning o‘z kelajaklariga bo‘lgan yondashuvlarini yanada rivojlantirish va ularning ijtimoiy va professional muvaffaqiyatlarini ta’minlashda universitetning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida oliygoh rahbari talabalarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularning ta’lim sifatini oshirish, ilmiy hamda amaliy faoliyatlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi fikr-mulohazalariga e’tiborini qaratdi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan har bir masalani jiddiy muhokama qilib, universitet faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi.
Bunday uchrashuvlar talabalar uchun o‘zlarining intellektual va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, jamiyatdagi mas’uliyatli va faol fuqarolar sifatida o‘sish imkoniyatlarini va ijtimoiy muammolarga yechim topishdagi faolliklarini oshirishga xizmat qilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI