Andijon Davlat
Universiteti
Viloyatimizda ekologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tadqiqotlar va tashabbuslar muhokama qilindi
2025-01-20    46

Bugun, 20-yanvar kuni Andijon davlat universitetida "Yashil makon" umummilliy dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tadqiqotchi-olimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida ma'ruzachilar tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturini Andijon viloyatida amalga oshirilishi, xususan, shahrimiz ekologiyasiga zarar yetkazmaydigan, mahalliy iqlim va tuproqqa mos daraxtlar va o‘simliklarni ekish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Shuningdek, ekologik jihatdan barqaror va uzoq muddatda samarali bo‘ladigan o‘simlik turlarini tanlashning ahamiyati so'z yuritilib, unda mahalliy o‘simlik turlarining o‘simliklar va hayvonot dunyosiga moslashuvchanligi, shuningdek, daraxtlar va butalar yordamida havo sifatini yaxshilash, karbon dioksidni kamaytirish va tuproqni eroziyaga qarshi himoya qilish kabi masalalar alohida ta'kidlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.