Andijon Davlat
Universiteti
Rektor va talabalar uchrashuvi: muammo, imkoniyat va istiqbol
2025-01-21    56

Andijon davlat universitetida "Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ta'lim muassasamizning Sport va san'at, Ijtimoiy-iqtisodiyot, IT injiniringi, Tarix hamda Filologiya fakultetlarining bitiruvchi talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

 Uchrashuv avvalida mamlakatimizdagi va universitet ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z boradi. Rektor bu islohotlarning asosiy maqsadi, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilimlar bilan ta’minlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganini ta'kidladi.

Ushbu uchrashuvda oliygoh rahbari talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatdagi jarayonlarda faol ishtirok etishlari yuzasidan taklif va tashabbuslarini tinglab, talabalarga har qanday yordam va ko‘mak zarur bo‘lsa, doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida rektor B.Akbaraliyev talaba yoshlarni yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanishga chaqirdi. Aytish joizki, universitetning imkoniyatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni kunda mavjud sakkizta fakultetda 66 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 6 ming 266 nafar talaba tahsil oladi. Ulardan 1455 nafari bitiruvchi hisoblanadi. Talabalarga 635 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.

Bu kabi uchrashuvlar talabalarga o‘zlarining kelajakdagi faoliyatlari haqida muhim ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.