Andijon davlat universiteti bugungi kunda 15 ta davlatdagi 69 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan ta’lim sohalarida samarali hamkorlik olib bormoqda.
Bugun, 17-yanvar kuni Andijon davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk iqtisodiyot va boshqaruv davlat universiteti o‘rtasida Zoom platformasi orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro nufuzga ega uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida ikki oliygoh rahbarlarining qo‘shma ta’lim dasturlari va grant loyihalarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi hamda talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflari tinglandi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish maqsadida "Rossiya—O‘zbekiston—Xitoy" qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilib, bir qator amaliy chora-tadbirlar rejalashtirildi. Uchrashuvda o‘quv dasturlarining sifatini oshirish, yangi ilmiy izlanishlar olib borish va o‘quv jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Universitetning xalqaro aloqalarni rivojlantirishi, uning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ta’lim va ilm-fan sohasida yetakchi oliygohlar qatorida o‘z o‘rnini topishiga yordam bermoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI