Andijon Davlat
Universiteti
HAYOTDA KIM YAXSHI YASHAYDI?
2018-06-05    4483

Qo‘lida hunari bor hech qachon qoqilmaydi, birovdan kam bo‘lmaydi. Shu bois xalqimiz azaldan-azaldan farzandini bolaligidanoq uddaburonlikka, sabr bilan ish yuritishga o‘rgatgan. Hunar egallashiga ko‘maklashgan. Bunday bolalar kun kelib, o‘zi mustaqil mehnat qilib, hunari, tadbirkorligi ortidan qaddini rostlaydi, oilasini, davlatni boy qiladi. Hunarmandlik yo‘nalishidagi tadbirkor yoshlar, ayniqsa, qizlarning kasanachilik bilan band bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib berish, bu borada bo‘sh turgan ob’ektlardan imtiyozli shartlar asosida joy ajratish, mini-texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlar o‘rnatib berilishiga erishish O‘zbekiston yoshlar ittifoqining eng muhim vazifalaridandir. Yosh hunarmandlarga xomashyo sotib olish uchun kredit berish, o‘z biznesini boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badalini olingan kreditlarni qoplashga yo‘naltirish tizimi joriy etilishi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirmoqda.


Ana shunday nihoyatda hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib, davlatimiz rahbari oldimizga muhim vazifa – yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida har bir tuman markazida, shaharda Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasini qo‘ydi.


– Tadbirkorlik klasterlari nima?


– Klaster – umumiy faoliyat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga ega, bir-birini to‘ldiruvchi, geografik jihatdan bir-biriga yaqin korxonalar guruhidir. Klasterlar odatda mahalliy doiradagi turli tashkilotlarning ixtisoslashgan tarmog‘i bo‘lib, ularning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati ikkinchisining tijorat, tovar ayirboshlash, ilmiy tadqiqot yoki iste’mol faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.

Prezidentimiz ana shunday tadbirkorlik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va transport kommunikatsiyasi, aloqa vositalari va internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hududlarda foydalanilmay yotgan davlat ob’ektlari yosh tadbirkorlarga «nol» qiymatda ijaraga berilishi bu borada juda katta imkoniyat yaratdi. Sababi, bundan keyin barcha hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda kichik sanoat zonalaridan olgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkor qo'li gul chevar Andijon viloyatida yashovchi Malikaxon Abdurahimova 2018-yilning fevral oyi so'ngida 24550 000 so'm miqdoridagi kreditni o'zining chevarchilik "PRINSESSA" nomli tikuv sexini ochish uchun oladi. Bu orqali 15 nafar kollej bitiruvchi yoshlar ish bilan taminlanmoqda.Atilyeda aholi uchun milli liboslar, oyoq kiyim,maktab uchun o'quv formalari va portfellar qizlarimiz tomonidan tayyorlanmoqda. Bundan tashqari qo'lda yasalgan munchoqlardan kelinchaklarimiz uchun zar do'ppilar ham buyurtma asosida tikishmoqda. Ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etilganligi quvonarli holat albatta. Tasavvur qilyapsizmi, yosh tadbirkorga ishini yuritib, o‘zini o‘nglab olishi uchun juda katta imkoniyat, imtiyoz bu!

Gulchexra ZOXIDOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.