Andijon davlat universitetida Andijon viloyati hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Narkologiya markazi hamkorligida psixofaol moddalar, psixotrop moddalarning zararli ta’siri, bu moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish shuningdek, kiberjinoyat va uning turlari, salbiy oqibatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda so'z olgan soha mutaxassislari, birinchi navbatda psixofaol moddalar va psixotrop moddalarning inson salomatligiga ta'siri haqida so'z yuritib, bu moddalar nafaqat sog‘liqni, balki ijtimoiy hayotni ham jiddiy ravishda buzishi, odamni jinoyatga undashi, shuningdek, oilaviy munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ta'kidladi.
Shuningdek, suhbat doirasida kiberjinoyatlar hamda uning turli shakllari bo‘yicha muhim ma'lumotlar berilib, ijtimoiy tarmoqlardagi noqonuniy faoliyatlar, firibgarliklar, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash, axborot tizimlariga zarar yetkazish kabi holatlar haqida taqdimot materiallari, ijtimoiy videoroliklar ishtirokchilarga namoyish etildi.
Tadbir yakunida talabalarga psixofaol moddalar va kiberjinoyatlar haqida maxsus ma'lumotlar bilan birga, yuqoridagi holatlar yuzasidan murojaat etishlari uchun ishonch raqamlari va huquqiy yordamni olish bo‘yicha foydali manbalar taqdim etildi.
Tadbir so'nggida, yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda profilaktik ishlarini olib borgan faollar IIB va universitet rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI