Bugungi kunda xorijda malaka oshirish va mavsumiy ishga (xususan, "Work and Travel" dasturi doirasida) yuborish bo‘yicha Andijon davlat universiteti bilan consulting tashkilotlari orasida hamkorlik shartnomalari imzolanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Andijon davlat universiteti shuni ma’lum qiladiki, ta’lim muassasamizda tahsil olayotgan talabalar orasida o‘qishdan ajralmagan holda (xususan, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar yozgi ta’til davrida, sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘quv jarayoniga jalb qilmagan davrda) xorijiy mamlakatlarga mavsumiy ish, sayohat yoki malaka oshirish uchun borishga qiziqayotganlar soni oshib borayotganligini inobatga olgan holda, respublika va xorijiy consulting tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda va ularning faoliyati o‘rganilmoqda. Respublikamizdagi "Unit consulting" va Qirg‘iz Respublikasidagi "Go 2 Germany" kompaniyalari shular jumlasidandir.
Lekin, hozircha, universitet va birorta consulting tashkilotlar (xususan, yuqorida nomlari keltirilgan) o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanmagan. Agar universitet biror bir consulting tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ysa, bu haqida rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI