Bugun, 28-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida universitet Kengashining 2024/2025-o'quv yilidagi 5-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish avvalida, davlatimiz rahbari tomonidan faoliyati e'tirof etilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, fizika fanlari doktori, professor Sirojiddin Zaynobiddinov; Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov; O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator, kimyo fanlari doktori, professor Ibrohimjon Asqarovlarga yo'llagan prezident tabrigi yig'ilish ishtirokchilariga o'qib eshittirildi va tabrik xatlari tantanali tarzda topshirildi.
Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirib, tegishli hujjatlar ijrosini ta'minlash va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish bo'yicha mas'ullarga vazifalar berildi.
Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, joriy yilda raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan axborot tizimlari va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug'iga asosan, ta'til davrida talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida to'garaklar, tanlov va musobaqalarni tizimli olib borish masalalari muhokama etildi.
Yig'ilish doirasida kunduzgi, sirtqi ta'lim shakllari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi bosqich talabalari uchun 2024/2025-o'quv yilida o'tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining o'tkazilish tartibi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalari vazirligining tegishli buyrug'iga muvofiq tashkil etilishi bo'yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Kengash so'nggida, yig'ilish qatnashchilarining fikr-mulohazalari va savollari muhokama etilib, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar dasturiy reja asosida belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI