Andijon Davlat
Universiteti
"O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti masalalari (O'rta asrlardan bugungi kunga qadar)" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi
2024-12-26    535

Bugun, 26-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Tarix fakulteti O'zbekiston tarixi kafedrasining "O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti masalalari (O'rta asrlardan bugungi kunga qadar)" mavzusiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda nafaqat respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, shu jumladan, Rossiya federatsiyasi, Azarbayjon, Qirg'iziston respublikalaridagi universitetilar vakillari ham mavzuga doir o'z ma'ruzalari bilan faol ishtirok etdi.

Anjumanda dastlab, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjanov so'z oldi va universitet rektorining tabrik so'zlarini yetkazib, anjuman faoliyatiga omad tiladi.

Anjumanni Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor R.Shamsutdinov "Katta terrorda qatag'on qilingan jadidlar tarixi" nomli ma'ruzasi bilan boshlab berdi.

Anjuman davomida ishtirokchilar o'zlarining ilmiy ishlanmalari va tadqiqot natijalarini taqdim etishar ekan, mintaqadagi xalqlar o'rtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy meros va zamonaviy dunyoqarashdagi o'zgarishlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so'ng, anjuman qatnashchilari sho'balarga bo'lingan holda o'z faoliyatlarini davom ettirdilar.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.