Pedagogika fakultetining BTSTIyo'nalishi 1-bosqich 101-guruh faol talabalari tomonidan mazkur nomdagi tadbir uyushtirildi. Unda talaba qizlar axborot asrda ham kitobxonlikni keng targ'ib qilish, bugungi davr yoshlarining yetuk kadrlar bo'lishida kitobning naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rsatib berishdi.
- Barcha talabalarimiz kitob mutolaasiga qiziqishadi. Mamlakatimizdagi keng kitobxonlikni targ'ib qiluvchi islohotlar natijasida ta'lim muassasalarida bo'lganidek fakultetimizda ham targ'ibot ishlari o'tkaziladi. Bugungi tadbir ham ana shularning davomi bo'ldi,- deydi Yoshlar ittifoqining pedagogika fakulteti yetakchisi Ilhomjon Boltaboyev.
N.Abdujabborova, M.Xushvaqova, S. Rahmonova, S. Abduqahhorova, M. Jo'rayeva, J. Mamatova va Z. Mahmudovalar tadbirni tashkillashtirishda faol bo'ldilar. Kecha davomida talabalar bilimdonligini sinovdan o'tkazuvchi savol-javoblar tashkillashtirilib tomoshabinlar ham jalb qilindi. Tadbir so'ngida eng zukkolar saralanib ona tili va adabiyot o'qituvchisi Ilhomjon Ubaydullayev tomonidan fakultet sovg'alari topshirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI