Bugun, 6-dekabr kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi, Andijon viloyati prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida 9-dekabr — "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni kuchaytirishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari sifatini oshirish va izchil davom ettirish zarurati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shundan so'ng “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o'tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar ishtirokchilarga namoyish etildi.
Tadbir davomida mazkur haftalik doirasida o'tkazilgan tanlov g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda g'olib talabalarga universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Shundan so'ng huquq tartibot idoralari va soha vakillari tomonidan kun tartibidagi mavzu: korrupsion holatlarni oldini olish va uni jamiyatimizda ildiz otishiga yo'l qo'ymaslik va uning taraqqiyotga qanchalik xavf soluvchi illat ekanligi haqida ma'ruzalar tinglandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI