Bugun, 2-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 4-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.
Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, ta'lim jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalar uchun innovatsion ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy ishlarga talabalar va o'qituvchilarni faol jalb qilish, shuningdek, universitetning xalqaro hamkorliklarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig'ilish so'nggida, Kengash a'zolarining fikr-mulohazalari va savollari muhokama etilib, yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar dasturiy reja asosida belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI