Respublikamizda tyutorlar hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari uchun o‘quv seminarlari tizimli ravishda olib borilmoqda
Bugun, 22-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari tyutorlari, profilaktika inspektorlari hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari uchun terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag'ishlangan o'quv seminarining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.
Mazkur seminarda kun tartibidagi mavzular, jumladan, "Talaba va o'quvchilarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish" mavzusida taqdimot materiallari orqali mutaxassislar tomonidan seminar mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan qo'yilgan mavzuga oid dolzarb masala va savollarga mutaxassislar orqali batafsil ma'lumotlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI