Andijon Davlat
Universiteti
Ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari tizimli o‘rganilmoqda
2024-11-20    63

Andijon davlat universiteti rektori B.Akbaraliyev huzurida o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash maqsadida mas’ullar ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari hamda xonadoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganmoqdalar.

Bugun, 20-noyabr kuni Andijon davlat universiteti mas’ullari boshchiligida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari va mavsumini betalafot o‘tkazish hamda xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida universitet hududiga yaqin bo‘lgan xonadonlarda bo‘ldilar.

O'rganishlar davomida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarga is gazi, texnika xavfsizligi qoidalari, gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalanish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.