Universitetimizning pedagogika fakultetida tashkil etilgan yana bir ko'rgazma talabalar va ustozlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Ko'rgazma mehnat o'qitish metodikasi fan o'qituvchilari G.Mamajonova va S.Ubaydullayev boshchiligida tashkil etildi.
Fakultetning boshlang'ich ta'lim yo'nalishida taxsil oluvchi, 301-303 guruhlarning bo'lajak muallimalari tomonidan qo'lda yaslagan mehnat mahsullari ommaga namoyish etildi. Ko'rgazmaning eng e'tiborli
jihati shundaki, bejirim mozaikalar, ko'p vazifalik ramkalar, tabiiy gul kabi ko'rinishga ega bo'lgan qog'ozdan yasalgan gullarni keraksiz buyumlardan yaslganligi va ikkilamchi,yaroqsiz mahsulotlarni kerakli buyumlarga aylantira olganliklaridir.
Fakultet dekani Charosxon Shokirova ko'rgazmani birma- bir tomosha qilar ekan, shodligini yashira olmadi. Qo'li gul talaba qizlariga va ularni bunday qo'l mehnatiga o'rgatayotgan ustozlariga muvofaqqiyat va omad tiladi.
Barchaga birdek manzur bo'lgan ko'rgazma mahsulotlari talabalarda ham qo'l mehnatiga bo'lgan qiziqishni yana bir bor jonlantirdi.
Yig'ilganlarning hammasi nafis san?atdan bahra oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI