Andijon Davlat
Universiteti
"Erasmus+" dasturi doirasida universitetimiz professor-o'qituvchilari Portugaliyaning Evora universitetida malaka oshirmoqda
2024-11-19    240

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi a’zolari: Kondensirlangan muhitlar fizikasi kafedrasi professori R.Aliyev, Kondensirlangan muhitlar fizikasi kafedrasi mudiri A.Kurbanov, tayanch doktorant A.Eraliyevlar "Erasmus+" dasturi doirasida "DEBSEUz" loyihasining joriy yilda rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish va malakalarini oshirish maqsadida Portugaliyaning Evora universitetida bo'lib turibdi.

Xizmat safari doirasida o'tkazilgan uchrashuvlarda bir qator ish paketlari bo'yicha loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi, ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish, laboratoriya va markazlarni tashkil etish hamda loyihani targ‘ib etish va shu kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, Yevropa davlatlarining qayta tiklanuvchi energiya ta’minoti manbalari, xususan quyosh energiya ta’minoti manbalari bo‘yicha tajribasini o‘rganish, o‘quv dasturlari bilan yaqindan tanishish va mavjud samarali tajribalarni O‘zbekistonning tegishli oliy ta’lim muassasalarida joriy qilishdan iborat.

Ayni paytda malakali professor-o‘qituvchilar va tajribali soha mutaxassislari tomonidan quyosh energiya ta’minoti manbalari bo‘yicha bir qator ma’ruzalar va muhandislik korxonalariga tashriflar rejalashtirilgan.

Ma'lumot o'rnida, mazkur loyiha 2023-yilning 2-noyabr sanasidan boshlangan bo'lib, unga Yevropaning 3 ta yetakchi universitetlari hamda O'zbekistonning 7 ta universiteti a'zo hisoblanadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.