Andijon Davlat
Universiteti
TALABALARIMIZ XORIJIY MALAKAVIY AMALIYOTDA
2018-05-31    4888

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq universitetning filologiya fakultetining bir guruh (9 nafar) talabalari  Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universitetiga malakaviy amaliyot (dialektologik ekspeditsiya) ga yuborildilar.

Talabalarni filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari O.Tojiev va qirg‘iz tili o‘qituvchisi O.Usmonovalar boshchiligida  2018 yil 30 may kuni Andijon –Osh chegarasi orqali Osh shahrida joylashgan Osh davlat universitetiga olib borildi.

Talabalarimizni Osh davlat universitetining qirg‘iz filologiyasi fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilar va talabalar ilq kutib oldilar. Dastlab talabalarni Osh shahri markazida joylashgan Xorijiy tillar fakultetiga qarashli mehmonxonaga joylashtirildi. Shundan so‘ng, talabalarimizni Osh davlat universiteti qirg‘iz filologiyasi fakulteti, xalqaro munosabatlar fakulteti, rus tili va adabiyoti fakulteti bilan yaqindan tanishtirildi.

Talabalarimiz hamda qirg‘iz filologiyasi fakultetining qirg‘iz tili, qirg‘iz tili adabiyoti, jurnalistika kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda qisqa muddatli safar davomida talabalarga yaratilgan sharoitlar, dialektologiya bo‘yicha ekspeditsiya yo‘l haritasi tanishtirildi. Andijon davlat universiteti talabalariga mazkur fakultetdan ma’sullar biriktirilib, ular safar davomida talabalarimizga Osh shahri atrofida joylashgan ayllardagi qirg‘iz millatiga mansub aholining so‘zlashuv jarayonlarini (shevalarini) o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiyada hamkorlik qilishlari belgilab qo‘yildi. Mazkur ekspeditsiya 2018 yil 30 maydan 9 iyunga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Ikki qardosh mamlakatlarning ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik aloqalari rivoj topaversin. Mazkur malakaviy amaliyotni tashkillashtirishda bosh bo‘lgan o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor dots. A.Sh.Mamatyusupovga va filologiya fakulteti dekani B.Raxmonovga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz. Talabalarning kunlik ma’lumoti berib boriladi.

Farxod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.