Andijon Davlat
Universiteti
SAN’AT BILAN OLAM MUNAVVAR
2018-05-31    4755

Musiqa - dillarni madh etuvchi ohangrabo qo’shiq, kuy. Musiqa san’at turlaridan biridir. San’atning turlari. Musiqa ifodaviy san’at turiga kiradi. Musiqa bu hayotni aks ettiruvchi omil.  Musiqa insonni g’aroyib kuy va ohanglar dunyosiga boshlaydi, his tuyg’ularini noziklashtiradi,didini charxlaydi, go'zallikni sevishga o’rgatadi. Inson ruhiyatini poklaydi. Dardlarga davo bo’lib umrni uzaytirishga xizmat qiladi. Manashunday ajoyib dillarga uyg’unlik bag’ishlovchi jonli ijrodagi diltortar ,, Yillik xisobot konsert dasturi Andijon davlat universiteti  Pedagogika Fakultetining  Musiqiy ta’lim yo’nalishi 2-boshqich 201 va 202-guruh talabalari ishtiroki bilan Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida bo’lib o’tdi.

Yillik xisobot konsert dasturini tashkillashtirishga Pedagogika Fakultetining dekani Ch. Shakirova boshchilik qildi. Konsertda; vakal ijrochiligi, ananaviy xalq qo’shiq ijrochiligi, xor jamoa bo’lib kuylash, raqs dastasi ansambili, cholg’u ijrochiligi(fortopiono, doira gijjak jo’rovozligida), dutorchi qizlar ansambili kabi nomerlar bilan musiqiy ta’limning barcha yo’nalishlarida noananaviy chiqishlari bilan zalga ko’tarinki ruh bag’ishlatdi. Konsertni S. To’xtamurodova, D. Mullajonova olib bordilar. Konsertga tayyorgalik va uni o’tkazishda musiqa kafedrasining faxrli o’qituvchilaridan bo’lgan M. Nasriddinov, Sh. Ahmedov, Q. Nuriddinov, M. Ergashev, J. Mo’ydinov, X. Bozorov, U. Mamajonov,  M Karimova D. Mo’minova M Raximov  kabi ustozlarimiz o’zlarining beminnat xissalarini qo’shdilar.  Konsertda N Omonboyeva ,S Toshtemirovalar  pionino bo’yicha o’z maxoratini ko’rsatgan bo’lsalar , D. Mo’minova boshchiligidagi xor jamoasi o’zbek milliy folklore san’ati na’munalarini ijro etib yig’ilganlar ko’nglida iliqlik uyg’otdi. Ushbu xisobot konsertda yana ,,Dutorchi qizlar ansambli’’, ,, Raqs gulshani’’ to’garagi a’zolari chiroyli chiqishlar qilib san’atning asl sehri va mazmunini namoyish etdilar. Bizning milliy raqslarimiz-u kuy va qo’shiqlarimiz also o’lmaydi. Ular o’z sehri va sifati bilan barxayot yashaydi. Zero:

San’atla olam bo’lg’ay farovon,

San’atdadur ishq san’atdadur jon,

 Ravnaq elimning ijodi sensan,

Sen birlailhom jon senga qubon.

Konsert so’ngida Pedagogika Fakulteti ma’naviy- marifiy ishlar dekan o’rinbosari Q. Nurdinov hamda Fakultet dekani  Ch. Shakirova so’zga chiqib  ushbu konsert dasturida yangi qirralar kashf etilganligi va bundan mamnun bo’lganliklarini aytib o’tdilar va tadbir ishtirokchilariga samimiy tilaklar bilan , musiqa kafedrasining barcha  a’zolaridan kelajakda bundanda ulkan yutuqlar kutib qolishini takidladilar. Shunindek, Geografiya fanlari nomzodi M. Mamajonov va universiteyning ilmiy ishlar bo’yicha prorektoi B. Rasulov ham so’zga chiqib ushbu fakultet dekani Ch. Shakirovaga shuningdek,musiqiy ta’lim kafedra a’zolariga madaniy xordiq uchun milliy  san’atimiz namunalarini katta sahnaga olib chiqib barchaga xavola etganligidan mamnun bo’lganligini takror va takror aytib o’tdilar. Ayniqsa musiqiy ta’limning universitetning barcha tadbilarida "labbay" deb shay turuvchi "Dutochi qizlar" ansmbliga aloxida minnatdorchilik bildirdi. Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari bo’gan 201, 202- guruh talabalari va guruh raxbarlari J. Mo’ydinov, X. Bozorovlar mehnatlari munosib taqdirlandi.

Mushtariy MAXMUDJONOVA
Pedagogika fakulteti musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.