Andijon Davlat
Universiteti
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI O‘TKAZILDI
2018-05-28    5277

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”da zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya berish, shuningdek jahon standartlariga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. Ya’ni bu muhim, ustivor ko‘rsatmadan kelib chiqib, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash eng dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Oliy o‘quv yurti talabalariga O‘zbekiston tarixi fanidan chuqur bilim berish, ularni Vatanimiz tarixiga va umuman milliy-tarixiy merosimizga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim o‘rin egallab kelmoqda.

2018 yil 28 may kuni  Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 22 maydagi №160 sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda 2018 yil 25 apreldagi №02-185 sonli “Davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan bitiruvchi talabalaridan O‘zbekiston tarixi fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi o‘tkazildi. Unda umumiy hay’at raisi etib ADTI dotsenti, tarix fanlari nomzodi B.Botirova, O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha rais AQXI gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, t.f.n. R.Yusupov, rais o‘rinbosari fakultet dekani t.f.n. R.R.Shamsitdinov,  a’zo sifatida O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri  dotsenti S.A.Xoshimov, kafedra dotsenti E.Erkaevlar ishtirok etdilar. Davlat atttestatsiyasini ADU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Mamatyusupov ochib berib, bitiruvchi talabalarning O‘zbekiston tarixidan fanidan attestatsiya sinovini topshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Andijon davlat universiteti tarix ta’lim yo‘nalishida bakalavr akademik daraja beruvchi bitiruvchi talabalardan O‘zbekiston tarixi fanidan Davlat Attestatsiyasi sinovi yuqori saviyada, amaldagi Nizom va me’yoriy hujjatlar asosida o‘tkazildi.

N.NURMATOV
Tarix fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.