Andijon Davlat
Universiteti
OLIMLIK YO`LINI TANLAGAN YOSHLAR
2018-05-26    4511

Olimlik yo`lini tanlagan yoshlarga o`z  bilim, tavsiya, maslahatlarini o`rtoqlashish uchun Fizika-matematika fanlar nomzodi Bahodir Asqarov Fizika-Matematika fakulteti Kasb ta`lim (Informatika va axborot texnologiyalari) yo`nalishi 1-bosqich  talabalari bilan suhbatlashdi.

Talabalarga Sinergetika deb nomlanuvchi yangi fan to`g`risida ma`lumot berdi. Ma`ruza interaktiv holatda o`tdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuritilayotgan Inovatsion texnologiyalarni olib kirish siyosati haqida keng va mukammal ma`lumotni talabalarga yetkazildi. Bunday dars o`qitish metodikasi talabalar tomonidan iliq kutib olindi. Darsning so`ngida iqtidorli, bilimga chanqoq talabalarni taqdirlandi.

Mazkur guruh murabbiysi Zulhumor Dadaboyeva, Iqboljon Ovxunov, Murodjon Abduvohidov, Bahodir Asqarov va  Fizika-matematika fakulteti dekani dotsent Madaminjon Mahkamov  bir guruh talabalarga ilmning  bulog`i hisoblangan kitob sovg`a qilindi.

Yorqinoy MAMAJONOVA
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.