Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli farmoyishiga binoan Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan 2018 yilning 11 may kuni «Farg‘ona vodiysining XVIII - XXI asrlardagi tarixini tadqiq etishda yozma, bosma manbalar va ulardan foydalanish muammolari» mavzuida xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkazildi. Xalqaro ilmiy konferentsiyaning asosiy maqsadi Farg‘ona vodiysining Qo‘qon xonligi, chor Rossiyasi mustamlakachiligi, sovet totalitar tuzumi hamda mustaqillik yillaridagi ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini manbalarda (eski o‘zbek, lotin, kirill yozuvidagi) aks etishi va bu sohalarda olib borilayotgan tadqiqot natijalarini umumlashtirish va muvofiqlashtirish asosida O‘zbekiston tarixi bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, takomillashtirish hamda bu jarayonga xorijiy tajribalarni qo‘llash, xorijiy va respublika oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlarini, shuningdek, yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarni keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur konferentsiyaga nafaqat respublikamizning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari tarixchi olimlari, balki Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi tarixchi olimlari ishtirok etdilar. Konferentsiyaning yalpi yig‘ilishida Tojikiston davlat biznes, huquq, siyosat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori t.f.d., prof. N.U. Gafarov, Tojikiston davlat biznes, huquq, siyosat universiteti dotsenti, t.f.n. B.R.Tursunov, akademik B.Gafurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti dotsenti, t.f.n. R.Xomidov, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti dotsent J.S.Botonoyev, dotsent E. Erkebayevlar, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti R. Arslonzoda, Farg‘ona politexnika instituti katta o‘qituvchisi A.A.Yusupov, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti dotsenti R.Yusupov, Andijon davlat universiteti dotsenti M.Abdullayevlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.
Andijon davlat universiteti bilan Tojikiston davlat biznes, huquq, siyosat universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan Memorandum imzolandi.
Tushlikdan so‘ng konferentsiyaning ishi sektsiyalarda davom etdi.
Konferentsiya yakunida mehmonlar Andijon shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Xalqaro ilmiy konferentsiya viloyat televideniyasi orqali yoritildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI