Har qaysi xalqning odamiyligi va ma’naviy qadriyatlari, mehr-oqibat va olijanobligi ana shunday unutilmas damlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson qadr-qimmatini ulug‘lash, hurmatini joyiga qo‘yish kerak.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Kelajak egalari bo‘lgan biz yoshlar muhtasham ta’lim maskanlarida zamonaviy asosda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, jahon andozalari darajasida puxta bilim olmoqda. Bu bebaho ne’matlarni asrab-avaylash, bugungi baxtiyor kunlarimizning qadriga yetish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bular biz yoshlarning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi. Doimo hushyor va ogoh bo‘lishga chorlaydi.
Vatanimizning bugungi taraqqiyoti bilan fahrlanmaydigan, buni qadrlamaydigan odamning o‘zi yo‘q, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shu o‘ridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimiznining ajralmas qismiga aylandi.
Shularni hisobga olgan holda, 2018 yil 7 may kuni fizika-matematika fakulteti dekani M.Maxkamov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Ovxunov, matematika kafedrasi mudiri T.Ibaydullaev, fakultet xotin-qizlar raisi K.Turg‘unova, matematika kafedrasi o‘qituvchilari 9- may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan fakultetda faoliyat olib borgan, hozirda nafaqada bo‘lgan ustoz Raximova Faridaxon, Qayumova Salimaxon, Xolmatov Nabijonlarni taklif etgan xolda exson tadbiri bo‘lib o‘tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI