Andijon Davlat
Universiteti
Aholini ro'yxatga olish
2024-07-02    255

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplashning eng samarali usuli aholini roʻyxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda.


BMT oʻzining 2015-yildagi rezolyutsiyasiga asosan aʼzo davlatlarga har oʻn yilda kamida bir marta aholini roʻyxatga olish amaliyotini oʻtkazishni tavsiya etadi. Xoʻsh, bu bizga nima beradi? Birinchi navbatda, respublika aholisi va uning turmush sharoiti toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar aynan aholini roʻyxatga olish orqali shakllantiriladi. Masalan, Fargʻonada necha kishi ishsiz? Andijonda nechta oila uy-joyga muhtoj? Sirdaryoda yana nechta taʼlim muassasasi qurish lozim? Qashqadaryoda aholi xonadonlari asosan qaysi yillarda qurilgan? Toshkent shahrida aslida qancha kishi istiqomat qiladi va hokazo. Aholini roʻyxatga olish amaliyoti shu kabi koʻplab savollarga javob, muammolarga yechim topish imkonini yaratadi.


— Koʻpchilik insonlar aholini roʻyxatga olish amaliyotini statistik maʼlumotlar toʻplash tadbirlarining bir koʻrinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini koʻrish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi, shuningdek viloyatimiz Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda viloyatimizdagi jami 909 ta mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz koʻchalar, xaritaga kiritilmay qolgan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar shakllantirilganligi, shunga asosan Davlat kadastrlar palatasining tumandagi filial xodimlari bilan birgalikda MFY larning sxematik xaritalari yangilanib tadbirga tayyor xolatga keltirilish ishlari olib borilyabdi.


Aholini roʻyxatga olish siyosiy tadbir boʻlib targʻibot tashviqot ishlari ham qilinib kelinmoqda, oliy taʼlim muassas talabalariga davra suhbatlari oʻtkizilib roʻyxatga olish ishlari xaqida tushunchalar berildi kelgusida ular xam ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkinligi xaqida aytib o'tildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.