Bugun, 2-iyul kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 13-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.
Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, universitet reyting indikatorlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha yarim yillik hisobotlar, 2023/2024-o'quv yilining bahorgi semestr yakunlari, o'quv yilini yakuni va yangi 2024/2025-o'quv yiliga tayyorgarlik hamda oliygohda ma'naviy- marifiy ishlar to'g'risidagi hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.
Yig'ilish davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi bo'lgan Andijon davlat universiteti talabasi Nuriddin Samandarov universitet rektori tomonidan munosib taqdirlandi. Kengash so'nggida ishtirokchilarning savol va takliflari muhokama etilib, istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI