Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz jamoasi “Yangi nafas” yugurish marafonida faol ishtirok etdi
2024-06-29    207

Bugun, 29-iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida Andijon shahrida "Yangi nafas" shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o’tdi.

 

Marafon Andijon shahar Oʻzbekiston koʻchasidagi 48-umumiy o’rta ta’lim maktabidan start olib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi yonida yakunlandi.

 

Mazkur o‘ziga xos aksiyada Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari qatorida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor-o’qituvchilar, sportchi yoshlarimiz, xavaskor talabalar faol ishtirok etdi.

 

Marafonning g’olib va sovrindorlari viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.