Andijon Davlat
Universiteti
YOZ OYLARI VA TA’TIL DAVRIDA ISSIQ VA OFTOB URISHIDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH QOIDALARI
2024-06-01    62

Issiq joyda uzoq muddat qamalib qolish natijasida kelib chiqadigan noxush holatlarga issiq urishi, quyosh nuri ta’sirida uzoq muddat bo‘lish natijasida kelib chiqadigan noxush holatlarga oftob urushi deyiladi.

          Issiq urishi va oftob urushida birinchi yordam quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

1)    jabrlanuvchini soya-salqin joyga o‘tkazing;

2)    jabrlanuvchining kiyimlarini yechib, oyoqlarini boshiga nisbatan balandroq qilib joylashtiring;

3)   ensa sohasi, bo‘yin, qo‘ltiq va chotlarga muz yoki sovuq suvda namlangan latta qo‘ying (jabrlanuvchini namlangan choyshab bilan o‘rash ham mumkin);

4)     sochiq bilan yelping (ventilator tagiga yotqizing);

5)    jabrlanuvchi hushida bo‘lsa achchiq choy yoki ozgina tuz qo‘shilgan suv ichiring;

6)     qusish harakatlari bo‘lsa, yon tomonga yotqizing;

7)     hushidan ketgan bo‘lsa, hushiga keltirish choralarini ko‘ring;

8)   jabrlanuvchi nafas olmasa va uning yuragi urmasa, sun’iy nafas bering va yurak faoliyatini tiklashga kirishing;

9)     jabrlanuvchining badaniga spirt surtmang;

10)   jabrlanuvchini sovuq vannaga tushirmang.

Oftob urganda - jabrlanganni yopiq honadan ochiq havodagi salqin joyga olib chiqish, kiyim tugmalarini yechish, tuzli (sovuq) suv ichirish, boshi va ko‘kragini sovuq suv bilan ho‘llash lozim. Nafas to‘htab qolganda yoki u buzilganda nashatir spirt hidlatiladi. Bu ta’sir ko‘rsatmasa, "og‘iz-og‘iz", "og‘iz-burun" tarzida sun’iy nafas oldiriladi, bu tabiiy nafas olish tiklanguncha yoki "tez yordam" kelguncha davom ettiriladi.

 

Yoz faslida cho‘milish paytidagi  xavfsizlik qoidalari:

Suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash hamda ular bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, Favqulodda holatlar sodir bo‘lganda o‘zini tuta bilishi va insonlarni kunlar isib yozgi mavsum boshlayotganligi munosabati bilan xar xil tez oqar anxor yoki ko‘llarda suv havzalarida cho‘milish vaqtida barcha xavfsizliklarga rioya qilish kerak.

Yoz oylarning issiq kunlarida dam olish joylarda xar birimiz dam olish maqsadida  joylardagi mavjud bo‘lgan suv havzalari, tez-oqar soylar hamda cho‘milish joylarga dam olish maqsadida borishimiz mumkin.

Bunday xollarda birinchi navbatda xavfsizlik choralarga e’tibor berishimiz zarur ular quyidagilar iborat:

  1. Tez oquvchi soylarda cho‘milmaslik qirg‘oq joylarda ehtiyot choralarga amal qilishlik.
  2. Ruxsat bermagan suv havzalarda cho‘milmaslik.
  3. Cho‘milish uchun ruxsat berilgan maxsus suv xavzalarda ehtiyot choralariga va qoidalarga to‘la amal qilishlik zarur.

Suv xavzalarda tez-oqar soylar hamda cho‘milish mumkin bo‘lmagan joylarda dam olish maqsadida borgan ayrim fuqorolarimiz xavfsizlik choralarga e’tibor bermasdan cho‘milish oqibatida baxtsiz xodisalar yuz bermoqda.

Cho‘kkan odamga yordam berish usullari:

- cho‘kkan kishini og‘iz nafas yo‘llarini tozalash, suvni oqizish;.

- og‘izdan-og‘izga sun’iy nafas berish 1-minutiga 10-12 marta;

- ko‘krak kismiga 5-6 marta turtki bilan massaj berish.

"Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar, yoz mavsumida turli cho‘milish havzalariga borganda albatta, ehtiyot choralarini ko‘ring, eng avvalo cho‘milish taqiqlangan hududlarda aslo cho‘milmang. Shuni bilingki, o‘rnatilgan mazkur taqiqlovchi belgilar bejiz qo‘yilmagan. Shuningdek, o‘zingiz taqiqlangan joylarga va boshqa cho‘milish havzalariga bormang xamda farzandlaringizni nazoratsiz yubormang. Bu orqali siz yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olgan bo‘lasiz. Turli  hil cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang".

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘LIMI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.