Ayni kunlarda Oʻzbekiston Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi o'rtasida tuzilgan Tarmoq jamoa kelishuviga muvofiq tizimda pedagog xodimlar va talabalarning huquqlari himoyasi taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi ishchi guruhi xizmat safari bilan Andijonda bo'lib turibdi.
Bugun, 26-iyun kuni universitet Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatini o'rganish, professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy manfaatlarini munosib himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ishchi guruh a'zolari Andijon davlat universitetida bo'ldi.
Dastlab, ishchi guruh vakili Oʻzbekiston Taʼlim va xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy ximoya masalalri boʻyicha bosh mutaxassisi Turikova Lazokat Mashrabovna universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev qabulida bo'lib, ta'lim muassasasida ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga munosib mehnat sharoitini yaratib berish borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshirish zarur bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Tashrif doirasida ishchi guruh a'zolari universitetda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar bilan suhbatlashib, Oʻzbekiston Taʼlim va xodimlar kasaba uyushmasining ustuvor yo’nalishlari va ular asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bo'yicha o'rganish ishlarini olib bordilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI