Andijon Davlat
Universiteti
Tarixiy xotira beqiyos
2024-06-25    752

Andijon davlat universiteti professori, tarixshunos olim Rustamjon Shamsutdinov bilan hamkorlikda Qatag’on qilingan prokurorlarning hayoti va taqdirini o’rganish maqsadida uzoq yillar huquqni muxofaza qilish va sud idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlagan Shohrux Akbarov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Durbek Qo’ldoshev hamda Andijon viloyati prokurorining o’rinbosari Sanjarbek Qobilovlar Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida bo'ldilar.

Tashrif doirasida mehmonlar ajdodlarimizni yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlari, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldilar. 

Tashrif so'nggida, Andijon viloyati prokurori o’rinbosari Sanjar Qobilov “Tarixiy xotira beqiyos” xotira kitobining yaratilishida ishtirok etgan Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, Markaziy Osiyo ilm-fan, madaniyat va san’at xalqaro akademiyasi akademigi R.T.Shamsutdinov hamda ishchi guruh a'zolarini kitob chop qilingani munosabati bilan tabriklab, ularga mazkur kitobini taqdim etdi.

Ma'lumot o'rnida “Tarixiy xotira beqiyos” xotira kitobi 2024-yil “Oltin qalam” XVIII milliy tanlovida "Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun" nominatsiyasida g’olib deb topildi. Ushbu xotira kitobida qatag’on qurboni bo’lgan 40 nafar prokuratura xodimlaridan 12 nafarining fojiali taqdirini yoritib berishda Andijon viloyatida tuzilgan ishchi guruhining o’rni va roli beqiyosdir.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.