Andijon Davlat
Universiteti
Rektor huzurida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi
2024-06-20    157

Joriy yilning 19-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev rahbarligida ta'lim muassasasida o'quv, ilmiy hamda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish o'tkazildi.


Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.

Dastlab, rektor "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilayotgan uchrashuv, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalarini munosib o'tkazish bo'yicha mas'ullarga kerakli ko'rsatmalar berdi.

Yig'ilish davomida 2023/2024-o‘quv yili yakunlari hamda yangi 2024/2025-o'quv yiliga tayyorgarlik holatlari, ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasida 2023-yilda erishilgan natijalar, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan prorektorlarning axborotlari tinglandi va oliygohning kelgusi istiqboldagi rejalari belgilandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.