Andijon Davlat
Universiteti
MANGU OLOV – YONIQ XОTIRA
2018-05-08    10992

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftihor, tirikdir g‘urur.

Xotira - elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira - ertani yoritguvchi nur.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tardbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti Xodimlar va talabalar Kasaba uyushmasi, boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi hamkorligida jangovor harakatlarda xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan vatandoshlarimizning oilalariga tashriflari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizni tinchlik osoyishtaligiga, mustaqilligimizning mustahkamligiga, yurt farovonligi va tinchligiga o‘z hissalarini qo‘shgan mard o‘g‘lonlarning oila a’zolari bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi 42-uyda yashagan mayor Mo‘minov G‘ayrat Ergashovich; Izboskan tumani, Paytug‘ QFY dan mayor G‘afurov Abdusattor Omonovich; Andijon shahri 5-kichik dahadan kapitan Ro‘ziboyev Rejabboy Xolmamatovich; Asaka tumani Dasturxonchi QFY dan ShBHX oddiy askari Sobirov Xolmuhammad Qobulovichlarning  xonadonlariga tashrif buyurildi. Oddiy askar Sobirov Xolmuhammad Qobulovich 1970 yilda Asaka tumanida tug‘ilgan. 2005 yil may oyining Andijon shahrida bir guruh radikal diniy ekstremistik guruh terrorchilari egallab olgan ma’muriy binoni ishg‘ol qilish va jangarilarni yakson etish oddiy askar X.Sobirov xizmat qilayotgan bo‘linma zimmasiga yuklatildi. Qisqa bo‘lib o‘tgan jangda oddiy askar X.Sobirov bino ichida bir necha terrorchini yakson qilishga va garovga olingan fuqarolarni ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning jasorati barcha safdoshlariga o‘rnak bo‘lib, jangovor vazifa muvaffaqiyat bilan bajarildi. Biroq, jang davomida Xolmuhammad qahramonlarcha halok bo‘ldi. Oddiy askar X.Sobirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 22 avgustdagi farmoniga binoan el-yurt osoyishtaligini ta’minlash, terrorchilarni yakson qilishda ko‘rsatgan mardligi va jasorati hamda xizmat burchiga sadoqati uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga universitet rektorati hamda Xodimlar va talabalar Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari hamda “Qizlarjon” klubining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan vatanparvarlikni ulug‘lovchi, sadoqatni madh etuvchi she’rlar ijro etildi.

Sevara FOZILJONOVA, Gulchexra ZOXIDOVA
Universitet talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.