Andijon Davlat
Universiteti
Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi haqida e’lon
2024-06-14    107

Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2024-yil 20-iyun Payshanba kuni soat 09:00 da boʻlib oʻtadi.


Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat.                                                 
1. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tadqiqotchisi Ismoilova Xayitxon Maxammadjonovnaning 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan  “Fargʻona vodiysida oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi.
Ilmiy raxbar: OʻzMU kafedra mudiri, f.f.d., prof. Madayeva Shahnoza Omonullayevna
Taqrizchilar: 1-taqrizchi, FarDU v.b professori, f.f.n., Arzimatova Inoyatxon Madimarovna.
2-taqrizchi, ADU kafedra mudiri, f.f.f.d. dos. Amirxoʻjayev Shukurjon Qurbonovich.
2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tadqiqotchisi Ravshanova Gulhayo Abdikaxxarovnaning 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan  “Fuqarolik jamiyati institutlari maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatining milliy va umuminsoniy tamoyillari" mavzusidagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi.
Ilmiy raxbar:  Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti professori, f.f.d., prof. Q. Nazarov
Taqrizchilar: 1-taqrizchi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedra professori f.f.n.prof. M.Sobirova
2-taqrizchi, Oʻsh texnologiya universiteti prorektori f.f.n., professor A.Akmataliyev
3. Turli masalalar. 
Ilmiy seminarning navbatdagi majlisiga barcha seminar aʻzolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Manzil: Andijon davlat universiteti ARM binosi 3-qavat 301-xona.

Dilshodbek Samatov
Ilmiy Kengash ilmiy seminar kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.