Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti Akademik litseyi bitiruvchilariga tantanali bitiruv kechasi bo'lib o'tdi
2024-06-14    132

Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida universitetimiz qoshidagi Akademik litseyi bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ''Yangi O'zbekiston yoshlari - birlashaylik'' shiori ostida tantanali bitiruv kechasi o'tkazildi.

Bitiruv kechasida so'z olgan universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev hamda litsey direktori Ulug'bek Valiyevlar katta hayotga qadam qo'yayotgan bitiruvchi-yoshlarga o'zining ezgu tilaklarini bildirib, tadbirni ochib berdi.

Bayram tadbirida bitiruvchi-yoshlar oʻzlarining badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Tadbir so'nggida o'zining namunali xulqi, o'qishlardagi muvaffaqiyati, odob-axloqi va bilim egallashdagi salohiyatlari bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan yoshlarning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomalari topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.