Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizning ikki nafar o'qituvchisi Turkiyaning TOP-1000 talik reytingiga kirgan oliygohida malaka oshirmoqda
2024-06-12    122

Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti Genetika va biotexnologiya kafedrasi professori Dilfuza Tuychiyeva va dotsent Feruza Tuxtaboyevalar malaka oshirish kurslarida ishtirok etish maqsadida dunyoning Top-1000 talik universitetlari qatoridan joy olgan Turkiyaning Yildiz Texnika universitetida bo'lib turibdi.

Mazkur malaka oshirish dasturida professor-o'qituvchilarimiz nufuzli oliygohning professorlari tomonidan olib borilayotgan mashg'ulotlarida ishtirok etib, o'z malakalarini oshirmoqda.

Tashrif davomida ikkala oliy ta’lim muassasi o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ma’lumotlar almashish, talabalar, magistrlar, fan doktorlarining o‘zaro almashinuvini tashkil etish, birgalikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar, ilmiy maqolalar, madaniy tadbirlarni tashkil etish kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilish ko'zda tutilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.