Andijon Davlat
Universiteti
Kinoijodkorlar Andijon davlat universiteti mehmoni boʻldi
2024-06-12    111

Bugun, 12-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Yoshlar oyligi” doirasida “Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida  xalqimiz suygan o'zbek milliy drama teatri ijodkorlari va el ardog'idagi san'atkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari, aktyor Egamberdi Rahimov va shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbek Milliy Akademik Drama teatri aktyorlari Elmira Rahimjonova, Oʻtkir Mengliyevlar bilan samimiy muloqot qildilar.

Elimiz suygan, taniqli aktyor va aktrisalar uchrashuvda oʻzbek milliy kino sanʼatidan oʻrin olgan eng sara vatanparvarlik ruhidagi asarlar, ularning yaratilish tarixi, tasvirga olish jarayonlari haqida soʻzlab berdilar.

Samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuv universitetimiz yoshlarida ijobiy taassurot qoldirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.