Andijon Davlat
Universiteti
MARDLIK, BURCH VA SADOQAT
2018-05-08    9629

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 9 may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” mavzulari asnosida bir qancha amaliy tadbirlar tashkil etildi.

1 may kuni fakultetning 101-102- guruh talabalari tomonidan Xotira kuni munosabati bilan  “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” mavzularida devoriy gazetalar nashr qilindi. Devoriy gazetalarda motamsaro ona xaykali hamda mustaqil O‘zbekistonni qurolli kuchlari tasvirlangan bo‘lib, ularda vatanparvarlik ruxini aks etib turuvchi so‘zlar va sura’atlar o‘z aksini topgan.

2 may fakultetning 201- guruh talabalari Xotira kuniga bag‘ishlab video rolik tayyorladi. Rolikda fakultetda o‘tkazilayotgan tadbirlar, tabriklar o‘rin olgan.  Unda Ikkinchi jaxon urushi tasvirlari, o‘zbekistonlik qahramonlar sur’atlari, mustaqillik yillarida urush qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan e’tiborlar aks ettirilgan. Video rolik doimiy ko‘rsatilib borilmoqda.

3 may kuni 204- guruh talabalari va murabbiyi G.Mamasolievalar 2-TTJ ma’naviyat xonasida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” mavzuida tadbir o‘tkazdilar.  Tadbirda tarix fakulteti, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdi. Tadbirni Jaxon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Mamasolieva olib bordi. Unda 204- guruh talabalari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.  

4 may “Xotira qadrlash kuni” munosabati bilan fakultet jamoasi “Narxi qancha mehrni ayting...” aksiyasi doirasida Andijon shahridagi “Saxovat uyida” tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani R.Shassitdinov, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi b.t. raisi M.Radjapova, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Mexribonlik uyida istiqomat qiluvchi qariyalarga fakultet jamoasi nomidan, shoxmot, shashka, narda sport jixozlari jamlamasi, turli kitoblar sovg‘a sifatida tarqatildi. Bundan tashqari tadbirda dasturxon tashkil etilib, osh tortildi. Unda  fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, va madaniy tadbir tashkil etilib, turli kuy qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Mexribonlik uyi rahbariyati, u yerda yashovchilar fakultet jamoasiga ko‘rsatilgan e’tibordan hursand ekanliklarini e’tirof etib, jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

5 may kuni 103- guruh talabalari va murabbiyi A.Turg‘unovlar “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” mavzuida Andijon shahrining Ta’minot ko‘chasi 16- uyda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jaxon urushining front ortida faoliyat olib borgan 90 yoshli Dadaboeva Raisa onaning xolidan xabar olindi.  Raisa onaning turmush o‘rtog‘i marxum Dadaboev Davronboy ota Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi va faxriysi bo‘lgan ekan. Xonadon egasi turmush o‘rtog‘idan qolgan sur’atlar, faxriy yorliqlar, medarllarini guruh talabalariga ko‘rsatib, o‘z xotiralarini aytib berdi. Guruh talabalari onaxonni qadrlash kunini bilan tabriklab esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

5 may kuni  304- guruh talabalari va murabbiyi F.Isaqova Andijon shahridagi 24- umumta’lim maktabida “Mardlik, burch va sadoqat” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 100 nafar maktab o‘qituvchilari va o‘qituvchilari qatnashdi. Tadbirni Jaxon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Isaqova olib borib, maktabning 9-10 sinf o‘quvchilariga Ikkinchi jaxon urushi va unda O‘zbekistonliklarning qahramonliklari” mavzuida ma’ruza qildi. Shuningdek, O‘DJQNA kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Nosirova ham o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi. Tadbirda maktabning 100 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

5 may kuni universitetda Xotira kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi. Unda shoxmot sport turida fakuletning 203- gurux talabasi N.Umarov birinchi o‘rinni egalladi. Kurash sport turida fakultetning 4- bosqich talabalari 3 ta vazn bo‘yicha birinchi o‘rninni egalladi. Voleybol va yengil atletika sport turlarida ikkinchi o‘rinlar egallandi.

6 may fakultetning 25 nafar iqtidorli talabalari Andijon shahrida o‘tkazilgan xarbiy paradda qatnashdi.

Ushbu o‘tkazilgan tadbirlardan asosiy maqsad, yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimiz tarixiga daxldor tarixiy adolatni tiklash, buyuk ajdodlarimiz tarixini, merosini o‘rganish, ularning hurmatini bajo keltirish, nomlarini abadiylashtirish, inson manfaatlarini ta’minlashga yo‘nalshtirilgan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda yurtimizda yashayotgan bir necha mingdan ziyod Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilayotganligi, ayniqsa “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonini qabul qilinishi bu g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi ekanligi fikrimizning dalilidir. Bu yil fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanilayotganligi, bu urush xalqimizga qanchalik qalb jarohati yetkazganligi, Prezidentimiz aytib o‘tganidek, o‘zbekistonlik taxminan 500 ming jangchining xalok bo‘lganligi haqida gapirib, fashizmga qarshi kurashda xalok bo‘lganlar xotirasi qalbimizda mangu yashashini ta’kidladi.

Iqboljon DJUMABOEV
Tarix fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.