Andijon Davlat
Universiteti
Rasmiy munosabat
2024-05-25    256

Bugun, 25-may kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Universitetda 2023/2024-o'quv yilida o'quv rejada talabalarini kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida ma’lumotlar olish, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda ajratilgan kreditlarni o‘zlashtirish maqsadida rektor buyrug'iga asosan tarix hamda geografiya ta'lim yo'nalishlarining ikkinchi bosqich talabalariga Farg'ona vodiysi bo'ylab, 20-maydan 1-iyunga qadar ikki haftalik tanishtiruv va kompleks geografiya amaliyoti o'tashi belgilangan.

Hozirda fakultetlarda amaliyot konferensiyalari o'tkazilib, tarix yo'nalishi talabalari Farg'ona vodiysining tarixiy obyektlarida, geografiya yo'nalishi talabalari esa geografiy obyektlarida belgilangan tartibda amaliyot o'tashmoqda.

❗️Eslatma: Agar, shu kabi muammolarga duch kelsangiz yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa universitet rektorining @anddu_rektori_bot va
universitet axborot xizmatining @adu_uz_bot lariga murojaat qilishlaringizni so'raymiz.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.