Bugun, 30-may kuni Andijon davlat universitetida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan "O'zbekiston tasviriy va amaliy san'atida Andijon maktabining o'rni" mavzusida ilmiy-ijodiy seminar o'tkazildi.
Tantanali tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev samimiy fikrlari bilan ochib berdi. Ko'rgazmada O'zbekiston Respublikasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zolari, shuningdek, O'sh davlat universiteti, Namangan davlat universiteti va boshqa oliygoh vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ijodiy ishlar taqdimoti va ko'rgazmasining ochilish marosimi tantanavor kuy-qo'shiqlar hamohangligida bo'lib o'tdi.
Oliygoh hududida tashkil etilgan ko‘rgazmada professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlarning ana shunday amaliy san'ati hamda qadimdan milliy qadriyatlar sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik buyumlarining 200 dan ortiq ijod namunalari namoyish etildi.
Shundan so'ng, universitetning faollar zalida kun tartibidagi ma'ruzalari tinglanib, oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash, Andijon maktabi tajribasini ommaga keng tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi. Yakunda faol qatnashgan ishtirokchilar rahbariyatning tashakkurnоmalari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI