
Bugun, 29-may kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetining oʻquv, ilmiy, maʼnaviy faoliyati hamda talabalarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida Jalaquduq tumanida bo'ldi.
Dastlab, rektor fakultetdagi o'quv xonalari, sport maydonlari, oshxona hamda talabalar turar joylarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, oʻquv xonalarida moddiy texnik bazani yaxshilash, sport maydonlarini kerakli jihozlar bilan taʼminlash, kutubxona fondini kerakli oʻquv adabiyotlari bilan to'ldirish boʻyicha takliflarni berdi.
Universitet rektori o'rganish jarayonlari davomida dekan, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashib, fakultetda oʻquv jarayonlari, taʼlim sifati, ilmiy va maʼnaviy ishlarning samaradorligi boʻyicha yig'ilish ishtirokchilarining takliflarini tingladi va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalarni mas'ullarga vazifa etib belgiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI