Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ''Yosh qutqaruvchi'' musobaqasi respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya xodimlari hamda oliy ta'lim muassasalari qatorida Andijon davlat universiteti rektori professor, Akramjon Yuldashev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan harbiy chiqishlar, estrada san'atkorlari tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy kuy-qo'shiqlar barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI