Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga qaratilgan uchrashuv o'tkazildi
2024-05-28    577

Bugun, 28-may kuni Andijon davlat universitetida "Bio Tex Eko" sanitar tozalash korxonasi hamkorligida bitiruvchi-talabalar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirish masalalariga bag'ishlangan zoom dasturi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mas'ullar tomonidan Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo'nalishi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilotning muhim yo'nalishlariga yo‘naltirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ishga joylashgunga qadar talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash maqsadida "Bio Tex Eko" sanitar tozalash korxonasida amaliyot o'tashlari yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.